Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Eng yaxshi va hamyonbop smartfonlar reytingi: Sizning qurilmangiz ro‘yxatda bormi?

Eng yaxshi va hamyonbop smartfonlar reytingi: Sizning qurilmangiz ro‘yxatda bormi?

Reytingning birinchi o‘rnini bajara oladigan vazifalari hamda narxi jihatidan eng qulay gadjet egalladi.

Dunyodagi eng yaxshi smartfon - OnePlus 6T, deb yozmoqda Business Insider. Manba eng yaxshi sotib olish uchun qulay mobil qurilmalar 20taligi reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxat avvalida mutaxassislar vazifalar ko‘lamining kengligi hamda narxning arzonligi jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan gadjetlarni e’tirof etishdi.

Samsung Galaxy S10e o‘zining muhtasham ekrani, ajoyib kamerasi hamda nisbatan qulay narxi bilan ikkinchi o‘rinni band etdi.

Kuchli uchlikni iPhone XR yakunlab berdi. Mutaxassislar uni Apple modellariga qaraganda sotib rholish uchun qulay deya baholashdi.

To‘rtinchi pog‘onani mashhur brendning naq ikkita modeli egalladi - Samsung Galaxy S10 Plus va S10.

Top-20talikka shuningdek, Google Pixel 3 va Pixel 3 XL, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, Samsung Galaxy S9 Plus va iPhone X, Huawei Mate 20 Pro, Moto G7, LG G8 hamda BlackBerry Key2 modellari kiritilgan.

life.ru

Kiritildi: 10:28 23.04.2019. O'qildi: 4267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!