Joriy yildan boshlab ilk marotaba fuqarolar yig‘inlari raislari orasida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi o‘tkaziladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rais o‘rinbosari Abdulla Aslanov ma’lum qildi.
⏺Unga ko‘ra, tanlovning 1-bosqich (sektor miqyosida) – joriy yil 19-25 fevral kunlari,
⏺2-bosqich (tuman/shahar miqyosida) – 26-29 fevral kunlari,
⏺3-bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida) – 1-10 mart kunlari o‘tkaziladi.
✔️ Tanlov g‘oliblari 22 mart mahalla tizimi hodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi.
👉 Aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish hamda “mahalla yettiligi”ning faoliyati tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.