Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eng mashhur optik illyuziyaning siri oshkor bo‘ldi

A A A
Eng mashhur optik illyuziyaning siri oshkor bo‘ldi

Flinders Universiteti va Janubiy Avstraliya Universitetidan bo‘lgan olimlar guruhi tajriba o‘tkazdilar va «Mening xotinim va qaynonam» mashhur optik illyuziyasini qanday qabul qilish hamda ko‘rish tomoshabinning yoshiga bog‘liq ekanini aniqlashdi. Bu haqdagi tadqiqot Scientific Reports jurnalida e’lon qilindi.

Suratda bitta yuzda ikki qiyofa uyg‘unlashtirilgan: yosh qiz (u yarim o‘girilib turibdi) va yoshi keksa ayol (yon tomonidan ko‘rinadi).

Tajribada jahonning 22 davlatidan bo‘lgan, 18 - 68 yoshlar oralig‘idagi 666 kishi ishtirok etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshdan kichik bo‘lganlar ko‘proq qizni ko‘rishgan, 30 yoshdan kattalar esa aksariyat hollarda yoshi keksa ayolni payqashgan.

«Mening xotinim va qaynonam» tasviri 1888 yildagi nemis otkritkasida birinchi marta paydo bo‘lgan. 1915 yilda karikaturachi Uilyam Eli Xill o‘z talqinini taqdim etdi, keyinchalik u optik illyuziyaning klassik namunasiga aylandi.

Manba: kun. uz 

Kiritildi: 18:42 22.09.2018. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik