Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Eng ilg‘or harbiy psixolog”i mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘l oldi

“Eng ilg‘or harbiy psixolog”i mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘l oldi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlarida harbiy psixologlarning faoliyatini va psixologik ishlarning samarasini yuksaltirish maqsadida “Eng ilg‘or harbiy pisixolog” va “Eng yaxshi ruhiy zo‘riqishlarni yechish xonasi” tanlovining okrug miqiyosida saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar berdi

Tanlov qatnashchilari mezonlari bo‘yicha baholanishda bir qator davlat va jamoat tashkilotlaridan psixolog mutaxassislar taklif etildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan harbiy psixologlar faoliyatini chuqur tahlil qilish, ular erishgan natijalarini baholash, ruhiy zo‘riqishlarni yechishdagi shart-sharoitlarni o‘rganish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlovdan asosiy maqsad harbiy psixologlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, ular o‘rtasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, harbiy psixolog faooliyatini to‘g‘ri tashkil etishdan iborat.

Konkurs natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Asilbek Yaxshiyevga nasib etdi. 2-o‘ringa katta leytenant Nosir Mamajonovga, 3-o‘rinni esa mayor Ozod Usmonov egalladi.

Nizomga ko‘ra, 1-o‘rin sohibi tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

 

 

Kiritildi: 17:09 20.08.2019. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!