Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng boy shaxslardan birining rafiqasi ajrimdan so‘ng millionerlar qatorini yana bittaga ko‘paytirdi

Eng boy  shaxslardan birining rafiqasi ajrimdan so‘ng millionerlar qatorini yana bittaga ko‘paytirdi

Amazon rahbari Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi rasman ajrashdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Nikoh buzilganligini rasmiylashtiruvchi hujjat Vashingtongning King okrugi sudyasi tomonidan 5 iyulda imzolangan.

Qayd etilishicha, ajrim jarayonining tugallanishi Bezosning sobiq rafiqasiga dunyoda eng yirik internet do‘kon bo‘lgan Amazon kompaniyasi aksiyalarining 19,7 millionini (4 foizi) topshirish tartibining boshlanishi bo‘ladi.

Aksiyalar paketi 38,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Makkenzi Bezosga Bloomberg tomonidan tuziluvchi dunyoning eng boy odamlari reytingida 22-o‘rinni egallashiga sabab bo‘ladi.

Bezos 2018 yilning mart oyida Forbes jurnali har yili tuzuvchi dunyoning eng boy kishilari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Kiritildi: 22:34 06.07.2019. O'qildi: 2974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!