Energetika tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Shuningdek, Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida faoliyat yuritgan.