Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Energetika tizimida xodimlarning korrupsiyaga oid harakatlari yuzasidan 423 ta murojaat kelib tushgan

Energetika tizimida xodimlarning korrupsiyaga oid harakatlari yuzasidan 423 ta murojaat kelib tushgan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:

Murojaatlarning 61 tasi qanoatlantirildi. 229 ta holatda murojaatchilarga tushuntirishlar berildi. 16 ta murojaat ko‘rilmasdan qoldirildi. 26 ta holatda esa kelib tushgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Murojaatlarni o‘rganish natijasida 78 nafar xodimga “hayfsan” intizomiy chorasi ko‘rildi. 41 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 91 ta holatda materiallar huquq-tartibot idoralariga chiqarildi.

Shuningdek, aniqlangan 291 ta manfaatlar to‘qnashuvini neytrallashtirish choralari ko‘rildi.

Yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan kontragentlar bo‘yicha 532 ta holatda o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Natijada tashkilotlar manfaatiga zarar keltirishi ehtimoli bo‘lgan 11 ta kontragent bilan shartnoma tuzish rad etildi.

Kiritildi: 20:13 27.06.2024. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!