Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
❌ Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
🖼 Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikasiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya’ni rasm orqali identifikasiya qilish mumkin bo‘lmaydi.
⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi;
▶️ Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.
🗒 Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operasiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi.
☑️ Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikasiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.