Amerikaning Nyu-York shahridagi Bronx hayvonot bog‘ida to‘rtta yo‘lbars va uchta sher yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirishdi. Bu haqda "New York Post" xabar bermoqda.
Hayvonlar Nadiya laqabli yo‘lbars virusga chalinganidan keyin tekshiruvdan o‘tkazildi. Virus hayvonlarga ularga qaragan ishchidan yuqqan.
To‘rt yo‘lbars va uchta sherning sinovlari ijobiy natija ko‘rsatdi.
Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyatining ta’kidlashicha, yuqtirilgan hayvonlardan bittasida koronavirusga xos bo‘lgan simptomlar, shu jumladan yo‘tal bor.