Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi rahbarlar ham jamoat transportida yuradi

A A A
Endi rahbarlar ham jamoat transportida yuradi

Endilikda haftaning juma kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ tizimi rahbarlari qo‘r to‘kib xizmat mashinalarida emas, aksincha majburan jamoat transportida yuradilar. “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati bu borada alohida qaror imzoladi.

Qarorga ko‘ra, haftaning har juma kunida jamiyat va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shu kuni barcha rahbarlar va boshqa xodimlar o‘zlariga ajratilgan xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda jamoat transportida ishga keladilar va kun davomida ehtiyojga qarab jamoat transportidan foydalanadilar.

Tizim rahbariyati, bu jarayonda haydovchi va chiptachilarning maxsus kiyimdaligiga, tashqi ko‘rinishi sanitariya va gigiyena talablariga mosligiga, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan muomala madaniyati, yo‘l harakati qoidlariga amal qilinishi, oraliq bekatlarda ortiqcha turib qolish kabi qator masalalar ustidan nazorat olib boradilar. Aniqlangan kamchilik va maummolardan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilanadi.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 21:00 06.10.2018. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik