Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Endi qariganingizda ham burgutdek ko‘rishingiz mumkin!

Endi qariganingizda ham burgutdek ko‘rishingiz mumkin!

Yosh o‘tishi bilan insonning ko‘rish qobiliyati pasaya boradi. Bu — organizm keksaya boshlaganda yuz beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayon. Ammo ana shu o‘zgarishlarning aniq mexanizmlari fanga ma’lum emas edi.

AQSh va Avstraliya olimlari ko‘z ravshanligi pasayishi omillari hamda buning oldini olish yo‘lini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

To‘g‘ri, ushbu mavzuda avval ham tadqiqotlar o‘tkazilgan va yosh o‘tgan sayin ko‘rish qobiliyati yomonlashishi (presbiopiya)ga turli ko‘z kasalliklari sabab bo‘ladi, degan xulosaga kelingan.

Bu galgi izlanishlar davomida katta yoshda ko‘z ravshanligi pasayishining hujayraviy mexanizmi tasvirlab berildi va mazkur jarayonni to‘xtatish imkonini beruvchi usul taklif qilindi.

Hozirgacha bu muammoga qarshi turli davolash texnologiyalari (ko‘zlarga yorug‘lik to‘lqinlari, elektromagnit nurlanish yoki ultratovush orqali ta’sir o‘tkazish), tungi linzalar, dori-darmonlar, shuningdek, lazer korreksiyasi hamda mikrojarrohlik yo‘lidan foydalaniladi.

Biroq bu muolaja turlarining samaradorligi cheklangan, ma’lum asoratlar kelib chiqish xavfi ham mavjud.

Yangi tadqiqotda olimlar presbiopiyani inson ildiz hujayralaridan foydalangan holda modellashtirdi.

Aniqlanishicha, yosh o‘tgan sayin ko‘rish qobiliyati pasayishi jarayonida organizmda metalloproteinaz 3 (TIMP3) deb ataluvchi oqsil ishlab chiqariladi.

Ushbu modda ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan fermentlar faollashuvini pasaytirib, yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi boshqa fermentlar miqdorini oshiradi.

Tadqiqotchilar yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi ana shu fermentlar faolligini bloklash usulini sinovdan o‘tkazdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, bunday yondashuv presbiopiyani to‘xtatish va samarali davolash imkonini beradi.

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!