Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Endi “Instagram” “layk”larni ko‘rsatmaydimi?

Endi “Instagram” “layk”larni ko‘rsatmaydimi?

Amerikaning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar posti ostidagi “layk”lar sonini yashirish tizimini sinov tariqasida ishga tushirdi. Ishlab chiqaruvchilar bu yangi tizim orqali foydalanuvchilarning “layk”lar soniga emas, matn kontentiga e’tibor berishlarini istashmoqda.

Yangi tizim sinov tariqasida ishlamoqda

Rossiyada “Instagram” foydalanuvchilari uchun “layk”larni berkitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo hozircha “yoqdi” tugmasi barcha foydalanuvchilarda ham berkitilganicha yo‘q.

“Instagram” ishlab chiqaruvchilarining aytishicha, “menga yoqdi” tugmasi post muallifigagina ko‘rinadi. Uning “podpischik”lariga esa ko‘rinmaydi.

Yangi tizim Avstraliya, Braziliya, Kanada, Irlandiya, Italiya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada sinov tariqasida amalga oshiriladi. Aynan mazkur davlatlarda yangi tizim haqidagi ilk izohlar ijobiy bo‘lgan ekan.

Kiritildi: 14:04 17.11.2019. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!