Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi erkaklar ro‘mol o‘rashni boshladi...

Endi erkaklar ro‘mol o‘rashni boshladi...

Dunyo chappasiga aylanib ketdi. Avvallari ayollar erkaklar libosiga o‘zini urgan bo‘lsa, hozirda erkaklar ayollar garderobidan o‘zi xohlagan buyumni o‘zlashtirib olishmoqda. Biroq ro‘molga chang solishlari bu endi, eng kamida katta uyat!

Ro‘molda sahnaga chiqishga birinchi bo‘lib jazm etgan erkak bu, AQShlik mashhur repper A$AP Rocky bo‘ladi. O‘zining yorqin ro‘moli bilan muxlislari og‘zini lang ochib qo‘ygan repper janoblari keyinchalik ro‘mol yoniga ayollar xalatini ham qo‘shdi. Boshiga ro‘mol, egniga ayollar xalatini kiyib olgan qora tanli erkakni tasavvur qilib ko‘ring.

Mazkur g‘oya jamoatchilik orasida uncha ko‘p tanqidga sabab bo‘lmayotganini ko‘rgan moda biznesi akulalari uni erkaklar liboslari aksessuari sifatida bajonidil qo‘shib olishdi. Hozirgi kunda ro‘mol o‘ragan va xalat kiygan yigitlar Gucci hamda Vetements moda uylari kolleksiyasida tez-tez bo‘y ko‘rsatib turadi.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 20:17 11.02.2019. O'qildi: 3845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!