Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Endi dunyodagi eng yirik olmoslardan biri fransuzlarning «Louis Vuitton» modalar uyiga tegishli

Endi dunyodagi eng yirik olmoslardan biri fransuzlarning «Louis Vuitton» modalar uyiga tegishli

Fransuzlarning «Louis Vuitton» modalar uyi dunyodagi eng katta olmoslardan birini xarid qildi. 1758 qirotlik olmosni Kanadaning «Lucara Diamond Corp.» kompaniyasi Botsvanada qazib olgan.

O‘tgan yil aprelda «Lucara Diamond Corp.» Botsvanada 1758 qirotlik qora rangli katta olmosni qazib olganini ma’lum qilgandi. Kompaniyaning xabariga ko‘ra, ushbu shikastlanmagan tosh — odamzod tarixidagi eng yirik olmoslardan biri hamda bugungi kunda Botsvanada qazib olingan eng katta olmos hisoblanadi. Olmosning og‘irligi taxminan 352 gramm keladi.

Jahonga mashhur «Louis Vuitton» kompaniyasining ijrochi direktori Maykl Byorki sotib olgan olmosning bahosini oshkor etishdan bosh tortdi. Lekin uning «millionlar» turishini qistirib o‘tdi.

Kiritildi: 19:43 18.01.2020. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!