Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Endi Buxorodan Sariosiyoga 1 soatda yetib borish mumkin

Endi Buxorodan Sariosiyoga 1 soatda yetib borish mumkin



10 iyuldan boshlab Buxoro va Sariosiyo o‘rtasida muntazam ichki aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti. Qatnovlar Silk Avia tomonidan har juma kuni amalga oshiriladi.

Samolyot Buxorodan soat 08:30 da uchib, 09:30 da Sariosiyoga yetib boradi. Qaytish reysi esa 10:10 da Sariosiyodan parvoz qilib, 11:20 da Buxoroga qo‘nadi.

Yangi aviaqatnov mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun sayohatni ancha qulaylashtiradi. Sariosiyo ayeroporti orqali Surxondaryoning tog‘li hududlari, ekologik sayohat maskanlari va boshqa diqqatga sazovor joylariga tezroq yetib borish mumkin.

Kiritildi: 17:45 10.07.2026. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!