Keyingi mavsumda Premyer-liga VAR tizimi yordamida ofsayd pozisiyasini aniqlashga yondashuvni o‘zgartiradi. Bu haqda liga hakamlar qo‘mitasi rahbari Mayk Rayli xabar berdi.
«Biz o‘yinchilarga yengillik yaratmoqchimiz.
Bu shuni anglatadiki, VAR kichik qoidabuzarliklarga aralashmaydi. Biz hujumchilarga imkoniyat berdik. O‘yindan tashqari vaziyatda jarayon o‘tgan yilgidek bo‘ladi, lekin hozir chizilgan chiziqlar qalinroq bo‘ladi.
Aslida, o‘tgan mavsum ofsayd tufayli bekor qilingan 20 ta golni qaytarib oldik, uni deyarli mikroskop ostida ko‘rishdi.
Shunday qilib, endi o‘yinchilarning oyoqlari yoki burunlari ofsayd hisoblanmaydi", dedi Rayli.