Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Elnur Abduraimovdan 6-nokautli g‘alaba!

A A A
Elnur Abduraimovdan 6-nokautli g‘alaba!

Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) o‘zining 6-jangini 13 dekabr, yakshanba kuni o‘tkazdi.

Meksikada o‘tkazilgan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-1, 3 KO) raqiblik qildi. Elnurning jangni faollik bilan boshladi va hech qancha vaqt o‘tmay raqibini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi. Shu tariqa jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi.

Natijada Elnur Abduraimov professional boksdagi 6-jangida 6-nokautli g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Oliva esa professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 15:40 13.12.2020. O'qildi: 3240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik