Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Elizaveta II qirol oilasi muxlislarini shokka soldi...

Elizaveta II qirol oilasi muxlislarini shokka soldi...

Elizaveta II qirol oilasi muxlislarini shokka soldi: Britaniya qirolichasi yaqin orada taxtni bo‘shatishdan bosh tortdi.

Qirollik muxlislari Yelizaveta II o‘z turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippdan o‘rnak olib, ishlardan 95 yoshida chekinishiga shubha qilmay, bu holatga hatto ko‘nikkan edilar ham.

Britaniyaliklar pandemiya tufayli bu voqea hatto ertaroq ro‘y berishini taxmin qilishgan edi, negaki, 94 yoshli qirolicha omma qarshisida kamnamo bo‘lib qolgandi. Ammo Oliy Hazratlari rejalari xalq va merosxo‘r-o‘g‘il orzulari bir-biriga mos tushmadi.

Shahzoda Charlz sabrli bo‘lib, o‘z navbati kelishini kutishiga to‘g‘ri keladi. Chunki saroyda ham Yelizaveta II taxtni tark etish niyatida emasligini ma’lum qilishdi.

Qirol amaldorlaridan biri monarx o‘z vakolatlarini topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning aytishicha, qirolicha iste’fo haqida o‘ylagani ham yo‘q.

"Oliy Hazratlari hukmronlik qilishda davom etadi. U xalqiga butun umr xizmat qilish niyatida", - deb ta’kidladi xabardor manba.

Ayni vaqtda monarxning butun o‘ylari COVID-19ga qarshi vaksinada. Virus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan, Yelizaveta II to‘liq o‘z vakolatlariga qaytadi.

Bu shahzoda Charlzni quvontirmasligi aniq.

Kiritildi: 23:05 13.11.2020. O'qildi: 2558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!