Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari O‘rta Chirchiq tumani Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida tungi reyd tadbirlarini o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbirda fuqaro SH.S.tomonidan elektr toki yordamida 22 dona baliqni noqonuniy tarzda ovlanganligi aniqlandi.
Baliqlarni turiga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga baliqlardan namunalar yuborilganda kumush tovon turiga mansubligi to‘g‘risida ilmiy xulosa berildi.
Huquqbuzarga tegishli bo‘lgan 1 dona rezina qayiq, 2 dona eshkak, 1 dona “JAZ“ rusumdagi yengil avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan akkumulyator, 1 dona elektr kuchlanishni oshirib beruvchi maxsus apparat boshqarma omborxonasiga vaqtincha saqlab turish uchun joylashtirildi.
Huquqbuzarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 fevraldagi 80-son qarori 4-sonli ilovasiga asosan hisob-kitob qilinganda tabiatga 165.000.000 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.
To‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish maqsadida Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.