Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purar bo‘ldi

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purar bo‘ldi

"Bashakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining joriy mavsumida eng yaxshi to‘purarga aylandi.

«Trabzonspor» hujumchisi Onuachu Superliganing so‘nggi turida gol ura olmadi va Eldorni quvib o‘ta olmadi. Nigeriyalik hujumchi oxirgi besh o‘yinda birortayam gol urolmagan bo‘lsa, Eldor so‘nggi 6 o‘yinda 6 gol muallifi bo‘ldi.

Shuningdek, Eldor penaltisiz gollar (18 ta) bo‘yicha ham, gol+pasdayam (22+5) eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Shuningdek, Shomurodov Turkiya kubogi doirasida bitta gol muallifi bo‘ldi.

Eldor Shomurodov Yevropa ligalarida to‘purar bo‘lgan ikkinchi o‘zbekdir. Avvalroq Maksim Shaskix ikki marta (2000, 2003) Ukraina chempionatida to‘purar bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 13:32. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!