Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Eldor Shomurodov A Seriya klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Eldor Shomurodov A Seriya klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya chempionatida davom yettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist, SPORTITALIA TV muxbiri Janluiji Longarining xabar qilishicha, "Jenoa" klubi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer narxi 8 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Eldor Shomurodov Italiya chempionatida to‘p suradigan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. 2001-2005 yillar davomida Ilyos Zeytullayev Turinning "Yuventus" klubi safida to‘p surgan.

Kiritildi: 15:58 29.09.2020. O'qildi: 2905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!