Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Elbrusda halok bo‘lgan barcha besh nafar alpinistning jasadi topildi

Elbrusda halok bo‘lgan barcha besh nafar alpinistning jasadi topildi

Elbrus tog‘ida ilgari bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan oxirgi uch nafar alpinistning jasadi topildi.

Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosniya va Gersegovinalik tajribali alpinistlar guruhi jami yetti kishidan iborat bo‘lgan, ulardan faqat ikki kishi omon qolgan.

«Tergov talqiniga ko‘ra, 24 iyul kuni xorij davlati fuqarolari bo‘lgan yetti nafar alpinistdan iborat guruh Elbrus tog‘iga ko‘tarilishni amalga oshirgan. Keyingi kuni kechqurun ob-havo sharoiti keskin yomonlashgani sababli guruh yo‘nalishdan adashib ketgan. Alpinistlardan biri tog‘dan tushib, 5,1 ming metr balandlikda ikki ishtirokchining tobi qochib, halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Keyinchalik qutqaruvchilar tomonidan yana bir omon qolgan alpinist va halok bo‘lgan yana uch kishining jasadi aniqlangan», — deyiladi xabarda.

FVV aniqlik kiritishicha, halok bo‘lgan ikki kishining jasadi evakuasiya qilingan, qolganlari uchun esa idora xodimlari 27 iyul kuni yo‘lga chiqadi.

Kiritildi: 23:54 26.07.2026. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!