Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "El-yurt umidi" jamg‘armasi axborot xizmati rahbari Botirali Muhamadaliyev ma’lum qildi.

⏺“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida 500 o‘rin 2024-2025 o‘quv yili xorijda ta’lim olish uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

✅ bakalavriat ta’lim dasturi uchun – 100 o‘rin,

✅ magistratura ta’lim dasturi uchun – 250 o‘rin,

✅ doktorantura ta’lim dasturi uchun – 150 o‘ringa stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.

⏺Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

⏺Nomzodlar hujjatlarni topshirish jarayonida bugungi kunda amalda bo‘lgan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance), nufuzli universitetlarda o‘qiyotgan nomzodlar xorijda ta’lim olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni yuklashlari talab etiladi.

⏺Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25 iyuldan 24 avgustga qadar davom etadi.

⏺Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

⏺Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.

⏺Qo‘shimcha savollarga javoblarni +998 71 203 00 47; 203 00 48; 203 00 51 telefon raqamlariga yoki info@eyuf.uz.elektron pochta manzili orqali olish mumkin.

Kiritildi: 15:47 08.07.2024. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!