Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ekvadorda atirgullardan ehrom qurildi (video)

A A A
Ekvadorda atirgullardan ehrom qurildi (video)

Ekvadorning Pedro-Monkayo shahrida yarim millionta atirguldan ehrom qurildi. Bu kompozisiya evaziga eng yirik gullar kompozisiyasi bo‘yicha jahon rekordini yangilashga umid qilinmoqda.

Kompozisiya metall to‘rdan iborat karkas yacheykalariga gullarni joylashtirib chiqish orqali hosil qilingan. Ehrom maydoni ming kvadrat metrdan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Shahar meri mahalliy aholi 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri atirgullar o‘stirishini va ularning gullari dunyodagi eng yaxshilari ekanini isbotlamoqchi. Ularning buning uddasidan chiqqan-chiqmaganlari keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:45 18.07.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik