Ekvadorning El-Oro viloyati, Machala shahridagi qamoqxonada mahbuslar orasidagi to‘qnashuvda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, voqea haqida xabar tarqalgach, mahbuslarning qarindoshlari qamoqxonadan tashqarida yig‘ilib, ularning taqdiri haqida ishonchli ma’lumot berilishini va qurbonlar bilan uchrashishga ruxsat berishni talab qilishgan.
Ozodlikdan mahrum qilingan kattalar va yosh huquqbuzarlarga kompleks yordam ko‘rsatish milliy xizmati (SNAI) rasmiy bayonot berib, voqeaning tasdiqlanganini ma’lum qildi va fojianing barcha holatlari birinchi navbatda ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan o‘rganilayotganini ta’kidladi.
Bu oxirgi bir oy ichida shu qamoqxonada sodir bo‘lgan ikkinchi yirik mojarodir. 10 noyabrda ham xuddi shu axloq tuzatish muassasasida mahbuslar orasidagi to‘qnashuvda 31 kishi halok bo‘lgan edi.
Ekvador qamoqxonalarida muntazam ravishda jinoiy guruhlar orasida to‘qnashuvlar va mahbuslar orasida zo‘ravonlik kuzatilib, ekspertlar bu hodisalarni jazoni ijro etish tizimidagi ta’sir uchun kurashning bir qismi sifatida baholashadi.