Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ekvador Kolumbiyadan import bojini 50 foizga oshiradi

Ekvador Kolumbiyadan import bojini 50 foizga oshiradi

Ekvador 1 martdan boshlab Kolumbiyadan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 30 foizdan 50 foizgacha oshiradi.

Hukumat bayonotiga ko‘ra, qaror milliy xavfsizlik mezonlari asosida qabul qilingan bo‘lib, narkotrafikka qarshi kurashda qo‘shma mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan.

30 foizlik boj fevral boshidan amal qilgan. Ekvador bu chorani savdo taqchilligi va chegarada narkotiklar savdosiga qarshi hamkorlik yetarli emasligi bilan izohlagan.

Javob tariqasida Kolumbiya ham Ekvador tovarlariga 30 foizlik boj joriy etdi va ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining quruqlik orqali olib kirilishini taqiqladi.

Kiritildi: 22:54 26.02.2026. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!