Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ekstremizm haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi mumkin

Ekstremizm haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi mumkin

O‘zbekistonda ekstremizm haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Qonunchilik palatasining 28 apreldagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, tajovuskor urinishlarning oldini olish, yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan. Hujjat bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga ekstremizmning oldini olish, bu haqda xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilish, ekstremistik tashkilotlarni belgilash tartiblarini huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi ekstremizmga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtiradi. Profilaktika ishlari samaradorligini oshiradi. Jamiyatda tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga huquqiy zamin bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 16:16. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!