Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ekspert qalt-qalt titragan Merkel nimalar deganini ma’lum qildi (VIDEO)

Ekspert qalt-qalt titragan Merkel nimalar deganini ma’lum qildi (VIDEO)

Lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan mutaxassis Judit Xarter Germaniya kansleri Angela Merkel titroq tutgan vaqtda nimalar deb shivirlaganini ma’lum qildi. Bu haqda ekspert Antenne Bayern radiostansiyasiga intervyu berdi.

Angela Merkelni 10 iyulda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda bir oy  ichidagi uchinchi marta titroq bosdi. U a’zoi badanini titroq qamrab olganiga qaramasdan joyidan jilmadi. O‘zini qo‘lga olish maqsadida bir necha marotaba turgan holatini o‘zgartirishga urindi. Hatta oyoqlari ham qalt-qalt titrayotganini ko‘rish mumkin. Fin hukumati rahbari bu holatga e’tibor bermaydi.

Keyinchalik kansler jurnalistlarga  tobi yaxshi ekani va xavotirga sira o‘rin yo‘qligini aytgan.

Merkelni titroq bosgan holat aks etgan videoda u hamkasbiga qaramasdan qandaydir so‘zlarni shivirlayotganini ko‘rish mumkin. Ekspertning kansler “Men uddalay olaman” ("Ich schaffe das") degan jumlani bir necha marotaba takrorlaganiga ishonchi komil.

Kiritildi: 19:20 12.07.2019. O'qildi: 2343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!