Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Ekaterinburgda Samarqand viloyatining savdo uyi ochildi

Ekaterinburgda Samarqand viloyatining savdo uyi ochildi

Ayni paytda xizmat safari bilan Rossiya Federasiyasida bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Yekaterinburg shahrida Samarqand viloyatining savdo uyi ochilishida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Sverdlovsk viloyati rahbarlari hamda samarqandlik tadbirkorlar qatnashdi.

Savdo uyida Samarqandda ishlab chiqarilayotgan trikotaj, gilam va boshqa keng turdagi tovarlar namoyish etilib, xizmatlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, safar davomida Samarqand va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlari va tadbirkorlari ishtirokida biznes forum, uchrashuv va muloqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 11:36 01.07.2024. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!