Armaniston, Serbiya va Qozog‘istonda YEIning yangi qoidalari sabab rossiyaliklarning hisoblari ustidan nazorat kuchaytirildi.
Bu haqda “RBK”nashri huquqshunoslar va mutaxassislarga tayanib xabar bermoqda. Ularning aytishicha, bunga Yevropa Ittifoqining Rossiyani “pul yuvish xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qora ro‘yxati”ga kiritgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Armaniston va Serbiyadagi ayrim banklar orqali moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston va Ummon banklarida ham rossiyaliklarning hisoblari ustidan nazorat kuchaytirilgan.
Yangi talablar rossiyalik jismoniy shaxslarni ham, Rossiya bilan bog‘liq kompaniyalarni ham qamrab oldi. Xususan, tranzaksiyalar bo‘yicha individual tekshiruvlar kuchaytirildi.