2027 yilning ikkinchi yarmida, Gresiyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi davrida kamida bitta davlat tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gresiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Gerapetritis ma’lum qildi.
«Gerapetritis 2027 yilning ikkinchi yarmida Gresiyaning YEIdagi raisligi vaqtida kamida bitta mamlakat ittifoqqa qo‘shilishi mumkinligi haqida prognoz qildi», — deb yozadi Politico nashri.