Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron bilan bo‘layotgan urush sababli Yevropaning yoqilg‘i uchun xarajatlari 22 milliard yevroga ko‘payib ketdi. Shu sababli Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi davlatlarini energiya narxlarini tushirish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Endi davlatlar gaz zaxiralarini to‘ldirish va bozorga neft chiqarish masalasida bir-biri bilan kelishib ish tutadi.
Fon der Lyayenning aytishicha, neft va gazga qaramlik Yevropa uchun juda qimmatga tushmoqda. Shu sababli asosiy maqsad — tezroq yashil energiya va elektr energiyasiga o‘tish. Narxlarni jilovlash bo‘yicha yangi rejalar shu oy oxirida, 22 aprelda e’lon qilinadi.