Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

EI Ukrainaga 1,9 milliard yevro beradi

EI Ukrainaga 1,9 milliard yevro beradi

Ukraina Yevropa Ittifoqidan “Ukraine Facility” dasturi doirasida 1,9 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam oladi, deb xabar qildi mamlakat Moliya vazirligi.

– Urush boshlangandan beri YEI Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yordami sifatida 35 milliard yevro ajratdi, – dedi moliya vaziri Sergey Marchenko. – Ushbu mablag‘ makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shdi, ustuvor byudjet ehtiyojiga sarflandi. YEI Ukrainaning asosiy hamkori sifatida g‘alabani tezlashtirish, mamlakat iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynayapti. Bu jarayon davom etmoqda.

Bosh vazir Denis Shmigal mavzuni izohlarkan, joriy yil YEIning umumiy byudjet yordami 8 milliard yevroga yaqinlashganini ta’kidladi.

– Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayenga va butun jamoaga bunday cheksiz qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi Shmigal ijtimoiy tarmoqda. – Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Ukraine Facility” dasturi doirasida 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan jami 27 milliard yevrolik shartnoma imzolangan.

Kiritildi: 14:00 29.06.2024. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!