Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning YEIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarning birinchi klasterini ochishga rasman rozilik bildirdi.
Evropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo konferensiya «Asoslar» deb nomlangan birinchi muzokaralar klasterini rasman ishga tushiradi.
Ushbu bosqich qonun ustuvorligi, demokratik institutlar va davlat boshqaruvining asosiy tamoyillari kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bryussel bu qarorni ikki mamlakatning islohotlar yo‘lidagi sa’y-harakatlari va qat’iyati e’tirofi sifatida baholadi.