Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

EI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydani Ukraina uchun saqlab qo‘yadi

EI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydani Ukraina uchun saqlab qo‘yadi

Evropa Ittifoqi Kengashi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foydani saqlab qo‘yish haqidagi qarorni ma’qulladi. Bu mablag‘lar keyinchalik Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va tiklash uchun ishlatiladi. Bu haqda YEI Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

«Bu Kengashga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, uni qayta tiklash va qayta qurish uchun keyinchalik ushbu mablag‘lardan foydalanish haqida qaror qabul qilinishiga yo‘l ochadi», deyiladi bayonotda.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ushbu qaror muzlatilgan aktivlardan olingan daromadlarning huquqiy holatini aniqlaydi, shuningdek, Rossiya Markaziy bankining bir million yevrodan ortiq qiymatdagi aktivlariga egalik qiluvchi depozitariylar uchun ularni saqlash va hisobga olish qoidalarini belgilaydi.

G‘arb mamlakatlarida Rossiya Markaziy bankining taxminan 300 milliard dollari muzlatib qo‘yilgan. Ushbu fondlarning aksariyati Yevropada joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan foydalanish imkoniyatini 2022 yil kuzidan beri muhokama qilmoqda.

Kiritildi: 22:13 13.02.2024. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!