Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Qizil dengizda kemalarni Yaman husiychilaridan himoya qilish uchun dengiz operasiyasini boshlashni ma’qulladi. 19 fevral, dushanba kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, Yevropa harbiy kemalari va hamrohlik qiluvchi samolyotlari Qizil dengiz va qo‘shni dengiz hududlariga u yerdan harakatlanayotgan savdo kemalarini himoya qilish uchun yuboriladi.
Evropa Ittifoqi kengashining bayonotida aytilishicha, «Aspides operasiyasi 2023 yil oktyabr oyidan beri husiychilar hujumlari xalqaro tijorat kemalarini nishonga olgan hududda Yevropa Ittifoqi dengiz kuchlarining mavjudligini ta’minlaydi».
Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi kengashi qarorini olqishladi. «Inqirozga javob berishdan tashqari, bu Yevropa manfaatlarini himoya qilish uchun dengizda kuchliroq Yevropa Ittifoqi mavjudligiga qaratilgan qadamdir», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida0
Missiyada bortida 240 nafar askar bilan Germaniyaning «Gessen» fregati ishtirok etadi