Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

EI G‘azodagi chegara missiyasiga yangi rahbar tayinladi

EI G‘azodagi chegara missiyasiga yangi rahbar tayinladi

Evropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi Rafah chegara missiyasi — EUBAM Rafahga italiyalik polkovnik Vittorio Stingoni yangi rahbar etib tayinladi.

EI Kengashi ma’lum qilishicha, Stingo missiyani 2026 yil 1 noyabrdan 2027 yil 30 iyungacha boshqaradi. U 2023 yildan buyon missiya rahbari bo‘lib kelgan Nataliya Apostolovaning o‘rnini egallaydi.

Stingo xalqaro operasiyalar, xavfsizlik sohasida hamkorlik, chegaralarni boshqarish va huquq-tartibot yo‘nalishlarida tajribaga ega.

EUBAM Rafah G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi Rafah chegara o‘tkazish punktida YEIning fuqarolik missiyasi sifatida faoliyat yuritadi. Missiya ijro vakolatlariga ega emas.

Uning vazifalariga chegara punktidagi Falastin xodimlari faoliyatini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, chegara boshqaruvi bo‘yicha texnik maslahat va yordam ko‘rsatish kiradi.

Chegara punkti ishi uchun asosiy mas’uliyat Falastin ma’muriyati zimmasida qoladi. Missiya rahbari esa EUBAM Rafah faoliyatini umumiy boshqarish, uning vakolatlarini amalga oshirish va tegishli tomonlar bilan muvofiqlashtirish uchun javob beradi.

Kiritildi: 08:55 02.10.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!