Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

ECHL yarim final javob uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

ECHL yarim final javob uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

UYEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan javob o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar nomini e’lon qildi.

«Arsenal» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga (birinchi o‘yin – 1:1) germaniyalik Daniel Zibert bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda ham vatandoshlari yordam berishadi. VAR tizimi uchun Bastian Dankert mas’ul etib belgilandi.

«Bavariya» – «PSJ» bahsini (birinchi o‘yin – 4:5) esa portugaliyalik Joau Pedru Pinyeyru boshqarib boradi. Uning butun brigadasi Portugaliya vakillaridan iborat, faqat VAR tizimida italiyalik Marko Di Bello ishlaydi.

«Arsenal» va «Atletiko» o‘rtasidagi o‘yin 5 may kuni, «Bavariya» hamda «PSJ» ishtirokidagi uchrashuv esa 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 20:10. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!