Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Ebola virusi nazoratdan chiqib, Markaziy Afrikada shiddat bilan tarqalmoqda

Ebola virusi nazoratdan chiqib, Markaziy Afrikada shiddat bilan tarqalmoqda

Bu haqda “Chegara bilmas shifokorlar” (Médecins Sans Frontières / MSF) xalqaro tashkiloti xabar berdi.

"Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) sharqidagi Ituri provinsiyasida kuzatilayotgan Ebola bezgagining navbatdagi avj olishi misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan tarqalmoqda", deydi tashkilotning amaliyotlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Alan Gonsales.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ebola epidemiyasi rasman e’lon qilinganidan keyin bu qadar qisqa vaqt ichida bunchalik ko‘p yuqish holatlari ilgari hech qachon kuzatilmagan. Epidemiya boshlangani e’lon qilinganidan ikki hafta o‘tib ham vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otishda davom etmoqda, ko‘rilayotgan choralar esa kasallikning tarqalish tezligidan ortda qolmoqda.

Kongo rasmiylari Ebola bezgagi avj olganini 15 may kuni e’lon qilgan edi. Kasallikni ilk bor 2007 yilda Ugandada aniqlangan Ebola-Bundibujio virusi keltirib chiqargan. Bu safargi epidemiya o‘chog‘i mamlakat sharqidagi Ituri provinsiyasi bo‘lib, kasallik Shimoliy va Janubiy Kivu provinsiyalariga ham tarqalgan.

Hozirgi vaqtga kelib Kongoda 1 mingdan ortiq gumonlanuvchi kasallanish holati va 240 ga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.

22 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ebola bezgagi xavfi darajasini milliy miqyosda “juda yuqori”, mintaqaviy darajada esa “yuqori” qilib ko‘tardi. Global miqyosda esa, tashkilot baholashicha, xavf hozircha “past” darajada qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:09. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!