Kongo Demokratik Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakatda ushbu virus bilan kasallanganlar soni qariyb 750 kishiga, qurbonlar soni esa 177 nafarga yetdi. Bir hafta oldin bu ko‘rsatkich 246 ta kasallanish va 65 ta o‘limni tashkil etgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus vaziyatni “juda tashvishli” deb atadi.