Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Ebola epidemiyasi JSSTni jiddiy xavotirga solmoqda

Ebola epidemiyasi JSSTni jiddiy xavotirga solmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreesusning ma’lum qilishicha, ayni paytda Ebolaga chalingani gumon qilinayotgan 500 dan ortiq holat qayd etilgan, 131 kishi vafot etgan.

Kongo Demokratik Respublikasida qurbonlar soni 118 nafardan oshgan. Shuningdek, qo‘shni Ugandada ham Ebola bilan bog‘liq ikki holat va bir o‘lim qayd etilgan.

JSST vaziyatni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e’lon qildi.

Mutaxassislarga ko‘ra, Ebola virusi tana suyuqliklari orqali yuqadi va og‘ir asoratlar, jumladan ichki a’zolar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Hozir tarqalayotgan shtammga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki dori vositasi mavjud emasligi aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:06. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!