Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

DXX Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

DXX Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi tashkil etilmoqda.

Mazkur liseyiga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni ishga taklif qilamiz.

 “Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

o‘qituvchilar uchun - 5 barobar;

psixolog uchun - 3 barobar;

axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari - 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

 

-ona tili va adabiyoti;

-rus tili va adabiyoti;

-tarix;

-ingliz tili;

-fizika;

-astronomiya;

-algebra;

-geometriya;

-kimyo;

-biologiya;

-geografiya;

-ma’naviyat asoslari;

-davlat va xuquq asoslari;

-jismoniy tarbiya;

-informatika va axborot texnologiyalari;

-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

 

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga
(Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy) yoki
71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

 

 

Kiritildi: 21:13 16.01.2020. O'qildi: 14839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!