Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

DXX poraxo‘r amaldorlarni qo‘lga oldi

DXX poraxo‘r amaldorlarni qo‘lga oldi

Joriy yilning 5 avgust kuni Surxondaryo viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va DXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahar hokimligi huzuridagi xo‘jalik hisobida uy-joydan foydalanish va ta’mirlash boshqarmasi yakka tartibdagi uy-joylarni rasmiylashtirish bo‘limi mutaxassisi 1980 yilda tug‘ilgan, N.S. Termiz shaxrida savdo do‘koni qurib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqaro S.A.dan uning ep ajratish to‘g‘risidagi murojaatini ijobiy hal qilib berish evaziga 500 AQSh dollari mikdorida pul mablag‘ini pora sifatida olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirgi vaqtda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Termiz shahar bo‘limi tomonidan N.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 5 avgust kuni Surxondaryo viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va DXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbir davomida “Sariosiyo Don” MCHJga qarashli “Uzun tabbaruk” filiali ombor mudiri 1961 yilda tug‘ilgan, A.M. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 10 t bug‘doy mahsulotini 17 mln. so‘mga baholab oldindan 9 mln. so‘mni olib, mahsulotni soxta hujjat asosida ombor hududidan olib chiqib bergan.

U “Sariosiyo Don” MCHJ haydovchisi B.G. bug‘doy mahsulotini mijoz M.U.ning yashash manziliga olib borib to‘kkandan so‘ng, qolgan 8 mln. so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida B.G. by pullar A.M.ga tegishli ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatma bergan, natijada A.M. B.G.dan ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirgi vaqtda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Uzun tuman bo‘limi tomonidan yuqorida nomi keltirilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167 va 168 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, viloyat prokuraturasi tomonidan vakolat doirasida “Sariosiyo Don” MCHJga qarashli “Uzun tabbaruk” filialida saqlanayotgan don mahsulotlari miqdori qayta o‘lchovdan o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:21 16.08.2019. O'qildi: 4053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!