Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

DXX Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

«Toshkent – Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Cobalt» mashinasi Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasida 1 kg 874 gr «opiy» moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali o‘tkazilgan.

Shuningdek, «Namangan – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» avtomobili ham Pop tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, 901 gr «opiy» moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:05 21.01.2023. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!