Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

DXMda ruxsatnoma (stiker) berish rad etilyapti. Nega?

DXMda ruxsatnoma (stiker) berish rad etilyapti. Nega?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda. 

❓Kecha ruxsatnoma berilishi haqidagi qaror e’lon qilinganidan keyin davlat xizmati agentliklarida odamlar to‘planib ajiotaj hosil qilishdi, bugun ertalabdan ham shunday holat kuzatilmoqda. Ko‘pchilikka rad javobi berilyapti, birinchi savol nega ularga rad javobi berilyapti, ikkinchi savol shu cheklovlarni uch-to‘rt kun oldin e’lon qilsa bo‘lmasmidi?

❗️Javobni ikkinchi savolingizdan boshlayman. Hukumat karantin qoidalari bo‘yicha cheklov e’lon qilishda, ayni vaqtda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadi. Ya’ni fuqarolarga ko‘chaga chiqmaslik haqida juda ko‘p marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan, ko‘pchilik bunga rioya etmadi. Shuning uchun hukumat qat’iy cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi. 

Endi birinchi savolingizga javob, maxsus komissiyaning talabiga ko‘ra ko‘chada harakatlanishga imkon beruvchi stiker faqat quyidagilarga beriladi, Bular:

? oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat transporti va xodimlarining shaxsiy transporti;

? Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalari;

? Toshkent viloyati va Toshkent shahrida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.

❗️Boshqa transport vositalariga stiker berilmaydi. Davlat xizmatlari markazlarida to‘planmang, u yerdagi xodimlarni va o‘zingizni asabingizni buzmang.
 

Kiritildi: 13:42 30.03.2020. O'qildi: 4008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!