Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

DW: Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi

DW: Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi

Bitim Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Bryusselga tashrifi davomida imzolandi.

Hujjatda Ukrainani harbiy texnika bilan barqaror va uzoq muddatli ta’minlash, harbiy tayyorgarlik, mudofaa islohotlarini qo‘llab-quvvatlash, Yevropa va Ukraina mudofaa sanoati o‘rtasidagi hamkorlik haqida so‘z boradi.

Bitimda, shuningdek, kiber va gibrid tahdidlarga qarshilikni oshirish, hududlarni minalardan tozalash, huquqni muhofaza qilish organlarini qo‘llab-quvvatlash, energetika va yadro xavfsizligini ta’minlash, razvedka ma’lumotlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari almashinuvi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Ukrainaga Yevropa Ittifoqi tomonidan makromoliyaviy va gumanitar yordam, shuningdek, mamlakatni tiklash va islohotlarni amalga oshirishda yordam kafolatlangan.

Ta’kidlanishicha, Kiyevga harbiy yordam va xavfsizlik majburiyatlari Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar siyosati va ularning manfaatlarini hisobga olgan holda taqdim etiladi.

O‘z navbatida, Ukraina islohotlarni davom ettirishi, olingan yordam bo‘yicha shaffoflik va javobgarlik choralarini kuchaytirishi hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar xavfsizligiga hissa qo‘shish tarafdori ekanligi qayd etilgan.

Kiritildi: 19:46 27.06.2024. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!