Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Do‘stlik tumanida maktablar uchun 86 ta suv isitish qozonlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi

Do‘stlik tumanida maktablar uchun 86 ta suv isitish qozonlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq ta’limi bo‘limi va “G.F.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarga zid ravishda, “G.F.” MCHJ bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga jami 86 dona suv isitish qozonlarini o‘rnatish bo‘yicha 762,2 mln so‘mlik shartnoma tuzishib, ushbu isitish qozonlarini 349,8 mln so‘mga qimmat narxda xarid qilganliklari hamda hisobotlarida 27,2 mln so‘mlik bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 377 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:16 05.05.2022. O'qildi: 2457 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!