Xabarlarga ko‘ra, Pavel Durov foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini skanerlashga ruxsat beruvchi YEI qonunining qabul qilinishiga oid materialga o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida sharh berar ekan, Yevropa Ittifoqini "banan respublikalari"ga qiyosladi.
"Bir paytlar banan respublikalari uchun xos bo‘lgan bunday nayranglardan endilikda YEI kuzatuv haqidagi qonunlarni qabul qilish uchun foydalanmoqda", – deb yozadi u.