Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyoning eng dahshatli halokatlaridan biri: “Kursk” suv osti kemasi

Dunyoning  eng dahshatli halokatlaridan biri: “Kursk” suv osti kemasi

Bortida 118 kishi bo‘lgan Rossiya yadroviy suv osti kemasi 2000 yili Barens dengizida halokatga uchradi. Bu ko‘lami bo‘yicha RF suvosti floti tarixida B–37  dan keyingi ikkinchi yirik halokat.

12 avgust kuni rejaga muvofiq, o‘quv hujumlariga tayyorgarlik boshlandi. Oxirgi yozma tasdiqlangan harakatlar kemada 11:15 da qayd qilingan.

Fojiadan bir necha soat oldin ekipaj komandiriga shovqin haqida axborot berishgan, biroq u bu hodisaga e’tibor qilmagan. Keyin kema qattiq siltangan, bu holatni esa radar stansiyasining antennasini ishga tushishi bilan bog‘lashgan. Shundan keyin kema kapitani boshqa aloqaga chiqmagan. 23:00 da suv osti kemasidagi holat halokatli deb e’lon qilingan, bu haqida flot rahbariyatiga va Davlat rahbariga hisobot berilgan. Ertasi kuni ertalab qidiruv ishlari natijasida “Kursk” 108 metr dengiz tubidan topildi.

Fojia o‘quv torpedasining ustiga yoqilg‘i quyilishi natijasida portlashi oqibatida kelib chiqqanligi rasman e’lon qilingan. 

Kiritildi: 06:15 16.08.2019. O'qildi: 6918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!