Abul Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘naltirib qo‘yingki, o‘shanga amal qilsam, Alloh hamda kishilar meni yaxshi ko‘rsin», deganida, u zot: «Dunyodan o‘zingni tiygin, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlar qo‘lidagi narsadan o‘zingni tiygin, odamlar seni yaxshi ko‘rishadi», dedilar.
Hasan hadis bo‘lib, Ibn Moja va boshqalar hasan isnod bilan rivoyat qilishgan.